Kompaniya haqida
OOO "ODILOFF"
OOO "ODILOFF" kompaniyasi sharbatlar va nektarlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ajoyib sifati tufayli mahsulotlarimiz iste'molchilar orasida tobora ortib bormoqda. Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun asosiy ingredientlar o'zimizda ishlab chiqarilgan konsentrlangan meva sharbatlari va meva pyuresi, chetdan keltirilgan konsentrlangan tsitrus sharbatlari, shuningdek, o'zimizning 210 metr chuqurlikdagi artezian qudug'imizdagi suvdan foydalaniladi.
Bizning maqsadimiz iste'molchilar orasida tobora ko'proq talabga ega bo'lgan mahsulotlarimizning eng yaxshi sifatini taqdim etishdir!